18/06/2025

Joriy yilning 17-iyun kuni Farg‘ona davlat universitetining Iqtisodiyot fakulteti Buxgalteriya va audit yo‘nalishi bitiruvchi talabalari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.  Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Zokirov, Inson resurslarini boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassisi M. Valiyeva, boshqarma axborot xizmati bosh mutaxassisi B. Maksudovalar qatnashdilar. Notiqlar o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevral kungi  “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni qabul qilinganligi, farmonga ko‘ra, Prezident huzuridagi Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilganligi, Statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning  makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish, integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish, “mahalladan – respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlari belgilanligi, 2025- yil yakunigacha “Hududlar statistikasi” axborot tizimi ishga tushirilishi, 2025- yil yakuni bo‘yicha hisobot davridan boshlab  xodimlar soni yillik o‘rtacha 5 kishidan kam bo‘lgan va yillik tushumi BHMning 2 000 barobarigacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yillik statistika hisobotini topshirish majburiyatini bekor qilinganligi hamda har uch yilda bir marotaba statistik hisobot topshirilishi belgilanligi, statistika organlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda 2026- yil 1- yanvardan “Maslahatchi” , “Tahlilchi”,  kabi sun’iy intellektga asoslangan interaktiv xizmati joriy etilganligi haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining 2025-yil 11-iyundagi Statistika organlarida ishlash jozibadorligini oshirish yuzasidan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘rtasida targ‘ib qilish reja jadvali asosida, boshqarma hamda shahar va tuman statistika bo‘limlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va ularga bilimli, yetuk zaxira kadrlarni shakllantirish yuzasidan tushunchalar berildi. Bundan tashqari, aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida farmonda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etilayotganligi, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Axborot xizmati.