Joriy yilning 13-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida hukumatimiz tomonidan yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari sharhiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 19-may kungi “Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1065-son Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyundagi “Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv ho‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabutsl qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi haqida”gi 352-son qarorining mazmun-mohiyatini va ahamiyatiyuzasidan ma’ruzasi tinglandi. Xususan, yildan- yilga odam savdosidan jabr chekayotganlar, uning qurboni bo‘layotganlar soni ortib bormoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug‘dirayotganligi, odam savdosidek og‘ir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishi bilan naqadar jirkanch ko‘rinishga ega ekanligi, O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilning 17-aprelidagi "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni qabul qilinganligi, qonunga muvofiq, odam savdosiga qarshi kurashish odam savdosining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo‘yish, uning oqibatlarini minimallashtirish, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni o‘z ichiga olganligi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilganligi shu va ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, hukumat qarori bilan “Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi haqida”gi Nizom tasdiqlanganligi, Nizom Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 74-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga nisbatan tatbiq etilganligi, shaxslar huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etib, 48 soatda Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga (Inspeksiya) "v-nadzor.gov .uz" veb-sayti orqali yuborilishi, foto va videomateriallarda sodir etilgan huquqbuzarlik, huquqbuzarlik sodir etgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa), huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, aniqlangan sana va vaqt aks ettirilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilganligi haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari, “Giyohvandlikka qarshi kurashish — hammamizning eng asosiy ishimizga aylanishi kerak” mavzusida ma’ruza tinglandi. Ma’ruzada keyingi paytlarda yoshlarimiz orasida kuchli ta’sir qiluvchi va tarkibida psixotrop moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalariga qaramlik illatiga ruju qo‘yish holatlari ko‘p kuzatilayotganligi, bu illat yosh oilalarning barbod bo‘lishiga, bolalarning tirik yetim qolishiga zomin bo‘layotganligi, bugungi kunda giyohvandlik dunyo jamoatchiligini xavotirga soladigan darajada yoyilib ketayotganligi, yoshlar o‘rtasida bu illatning ko‘payib ketishini o‘smirlarning har xil narsalarga qiziquvchanligi, tez ta’sirga beriluvchanligi, ularning ushbu kasallik tufayli kelib chiqayotgan asoratlarni bilmasligi natijasida kelib chiqayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.