2025- yilning yanvar-aprel oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 117,2 ming AQSh dollari qiymatidagi 89,9 tonna salat bargi mahsuloti eksportini amalga oshirdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 6,0 tonnaga ko‘pdir.
Ma'lumot uchun: salat bargi - suvli barglari o'z nomini lotincha "laktuca" dan olgan va ular dorivor xususiyatlari uchun qadrlanadi. Tibbiyotda o'simlik qonni tozalash, vabo, bosh og'rig'ining oldini olish va hatto uyqu dorisi sifatida ishlatiladi.