12/06/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 64,2 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17,4 ming nafarga yoki 37,1 % ga oshgan. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Turkiyaga safar qilgan Oʻzbekiston fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha taqsimlangan:

-sayyohlik – 48 100 nafar

-qarindoshlarni yoʻqlash – 14 063 nafar

-davolanish – 883 nafar

-oʻqish – 644 nafar

-xizmat yuzasidan – 506 nafar