Joriy yilning 11-iyun kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi U.Turgunova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Yozyovon tumaniga qarashli “Mustahkam Do‘stlik” MFYda istiqomat qiluvchi Alimovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.