2025/2026-yilgi isitish mavsumi uchun 2025-yilning noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam to‘lab beriladi.
Moddiy yordam kimlarga beriladi:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalarga;
“Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga;
qo‘shimcha ravishda “mahalla yettiligi” xulosasi asosida yuqoridagi Reyestrlarga kiritilmagan, biroq kambag‘allikka tushish xavfi bo‘lgan oilalarga.
Qo‘shimcha ro‘yxat qanday shakllantiriladi:
Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirilishida birinchi navbatda:
boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
a’zolari I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar;
nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar;
uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar;
uch va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz ta’minoti bo‘lmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar inobatga olinadi.
Bu jarayonlarda aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, inson qadrini ta’minlash va har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan ijtimoiy mas’uliyatdir.