21/05/2025

Joriy yilning 20-may kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi U.Turg‘unova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Beshariq tumanidagi “Rapqon” MFYda istiqomat qiluvchi Mo‘minovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomaga tushgan uy xo‘jaligi olgan moddiy yordami, pul o‘tkazmalari, ijtimoiy o‘tkazmalari, sovg‘alar, xayriyalar, so‘nggi 7 kun ichida 156 ta mahsulotlar turi bo‘yicha sotib olib va iste'mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlariga ketgan hamda xizmatlar sohasiga qilingan xarajatlar, uy xo‘jaligi tomonidan uzoq muddat foydalaniladigan televizor, muzlatgich va sovutkich, kir yuvish mashinasi, yengil avtomobil va boshqa buyumlar bilan ta'minlanganligi haqidagi ma'lumotlar shakllantirildi va planshet qurilmasiga kiritildi.