21/05/2025

2025-yilning yanvar-aprel oylarida Farg‘ona viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

- binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 72,4 % ulushni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 110,5 % ni tashkil etdi;

- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 22,2 % ulushni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 34,1 % ni tashkil etdi;

- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 5,4 % ulushni va 2024-yilning mos davriga nisbatan 106,1 % ni tashkil etdi.