2025- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 2 793,4 mlrd so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 79,7 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2024- yil yanvar-mart oylariga nisbatan 109,2 % ni tashkil qildi. Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilish ishlari umumiy hajmidagi eng yuqori ulushi Quvasoy shahar (98,5%),Dang‘ara tumani (97,8 %) va Uchko‘prik tumani (97,7%) shahar va tumanlarga to‘g‘ri keldi.