Joriy yilning 12-may kuni Farg‘ona shahriga qarashli maxsus iqtisodiy zonasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari ishtirokida hukumatimiz tomonidan yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari sharhiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, xafta davomida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-may kuni “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-76-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-85-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-may kungi “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-171-son qarorining mazmun-mohiyatini va ahamiyati haqida ma’ruza qildi. Bundan tashqari, kun tartibiga qo‘yilgan . “Hisobotlar topshirish jarayonida korrupsion holatlarni olidini olish” mavzusida ma’ruza tinglandi. Ma’ruzada, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash, uning har bir moddasini chuqur o‘rganib, hayotimizga tatbiq etishga intilish, sodda qilib aytganda, korrupsiya balosining naqadar mudhish illat ekanini tushunish, mustaqil idrok etish, eng muhimi, unga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchi ekanligi haqida anroflicha tushuncha berildi.