Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-mart oylari holatiga Farg‘ona viloyati xorijdan jami 10,5 mln AQSh dollari qiymatidagi sabzavot va meva mahsulotlari importini amalga oshirdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan sollishtirganda o‘sish sur’ati 122,3 % ni tashkil etdi.