Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga Rishton tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 490 tani, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 565 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 75 tani tashkil etdi.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 42 ta
Sanoatda – 297 ta
Qurilishda - 75 ta
Savdoda – 467 ta
Tashish va saqlashda – 26 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 130 ta
Axborot va aloqa – 36 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 59 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 433 taga to‘g‘ri keldi.