Joriy yilning 9-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev ochib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, so‘zni boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatovga berdi va xafta davomida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 19-may kungi “Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1066-son va O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1067-son Qonunlarining mazmun-mohiyatini va ahamiyati yuzasidan ma’ruza qildi. Qonunlarga ko‘ra, fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan yoshga to‘lgan fuqarolarga ularning murojaatini talab etmagan holda(proaktiv shaklda pensiya tayinlanishini hamda fuqarolarning shunday tartibda tayinlangan pensiyani rad etish huquqini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilganligi, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga barcha turdagi nafaqalarni tayinlash va to‘lash vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga o‘tkazilganligi munosabati bilan «Davlat boji to‘g‘risida»gi hamda «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi haqida so‘z yuritildi.Shu bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi, shuningdek, shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi ko‘zda tutilganligi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, sudyalarning muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmasligi belgilangankugu, bundan tashqari, qonunga ko‘ra, sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga yoki uning vakolatlarini to‘xtatib turishga, boshqa lavozimga o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi ko‘rsatilishi shu va boshqa ma’lumotlar bilan tanishtirdi.