20/05/2025

Joriy yilning 16-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev ochib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, so‘zni boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatovga berdi va xafta davomida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-may kungi “2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasining tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-184-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasida ma’ruzasi tinglandi. Jumladan, u 2030-yilda 3,3 mln nafar maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ekologik madaniyatning shakllanishi, 4,2 mln nafar umumiy o‘rta ta’lim tizimi tashkilotlari o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlanganligi, Konsepsiya 2027-yildan boshlab Vazirlar Mahkamasi tomonidan har 2 yil muddatga tasdiqlanadigan alohida “yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ekologik bilimini oshirishga qaratilgan bepul o‘quv kurslari tashkil etilishi, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilanligi haqida so‘z yuritdi. Bundan tashqari, kun taribiga qo‘yilgan keying masala – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi “Transport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 318-son qarori bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi. Xususan, 2025-yil 1-iyundan boshlab, yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmaslik holatlarini har qanday maxsus avtomatlashtirilgan foto, video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etishga, shaharlar avtomobil yo‘llarida ta’mirlash yoki yo‘l chiziqlarini chizish bilan bog‘liq ishlarni soat 07.00 dan 21.00 ga qadar amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek, soat 23.00 dan 06.00 ga qadar yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lda boshqa transport vositalarining harakatlanishiga, amal qilish vaqtini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha axborot belgilariga ega “To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilari joylashgan hududda ularning amal qilish vaqtidan tashqari paytda transport vositalarining tegishlicha to‘xtashi hamda to‘xtab turishiga, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda Yo‘l harakati qoidalari bilan belgilangan tezlik chegarasini dam olish kunlari, ta’til davrlari va 19.00 dan 07.00 ga vaqt oralig‘ida ushbu aholi punkti uchun ruxsat etilgan umumiy tezlik chegarasigacha oshirib harakatlanishga ruxsat etilganligi shu va boshqa ma’lumotlarga ham to‘xtalib o‘tildi.


Axborot xizmati.