So'nggi yangiliklar

2023- yil yanvar oyi holatiga Buvayda tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 63,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish sur‘ati 102,7 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar oylari yakunlariga ko‘ra, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 8,4 %ni, fizik hajm indeksi 113,8 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 130,2 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

2023- yil yanvar oyi holatiga Bag‘dod tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 41,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish sur‘ati 107,1 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar oylarida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 5,7 %, fizik hajm indeksi 150,2 %ni, ishlab chiqarish hajmi esa 88,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yil 1- fevral holatiga Toshloq tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 565 tani tashkil etdi.

Barcha hududlar singari joriy yilning 22-fevral kuni Buvayda tumanining “Turk” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan va kuzatuvga tushgan xonadon egalari bilan Buvayda tumani statistika bo‘limi intervyuyeri Sh.Tursunov tomonidan yakka tartibda qurilgan uy-joylari so‘rovnomasi o‘tkazildi.

2023-yil yanvar oyi holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 792,1 mlrd. so‘mga yetib, 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish sur’ati 106,3 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 34,6 %ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 43,0 %ga kamaygan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 536,1 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

2023-yil 1- fevral holatiga viloyat bo‘yicha MDH davlatlarining kapitali ishtirokidagi faoliyat korsatayotgan korxonalar soni e’lon qilindi.

Joriy yilning 22-fevral kuni aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha Bag‘dod tumanidagi 17- umumiy o‘rta talim maktabi o‘qituvchi xodimlari ishtirokida seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonov qatnashdi.

2023-yil yanvar oyi holatiga Dang‘ara tumani korxonalari tomonidan 58,9 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2022-yilning yanvar oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 97,8 %ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar oyi holatiga viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 455,3 ming so‘mga yetdi. 2022-yilga nisbatan 104,2 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 22-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, hamda Rishton tumani statistika bo‘limi yenakchi mutaxassisi I.Karimovlar tomonidan tumanda joylashgan dehqon bozorida “5 narx o‘rtacha xaftalik” joriy kundagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari kuzatuvi o‘tkazildi. 

2023-yilning yanvar oylari yakunlariga ko‘ra, ichimliklar ishlab chiqarishining oziq-ovqat mahsulotlaridagi ulushi 1,7 %ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 39,2 %ga o‘sdi va ishlab chiqarish hajmi 5,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yil yanvar oyi holatiga Qo‘shtepa tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 39,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish sur‘ati 105,1 %ni tashkil etdi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi joylarda aholi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib bormoqdalar. 

2023-yil yanvar oyi holatiga Farg‘ona tumani korxonalari tomonidan 59,0 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2022-yilning yanvar oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 83,7 %ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar oyi  holatiga sog‘liqni saqlash xizmatlarining hajmi 37,3 mlrd. so‘m darajasida belgilandi. 2022-yilga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 96,0 %ga yetdi.