So'nggi yangiliklar

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 23 944,6 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 103,6 % ni tashkil etdi.

2023- yil yanvar-sentabr oylarida 79,8 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 26,6 promilleni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022- yilga nisbatan 1,4 promillega oshganligi kuzatildi.

2023- yilning yanvar-sentabrida viloyatda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 26,3 trln. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 96,8 % ini tashkil etdi. 

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Qo‘qon shahri bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3316,8 mlrd.so‘mga yetdi. 

2023–yilning 1–oktabrl holatiga ko‘ra, parrandalarning umumiy bosh soni 8579,5 ming taga yetdi.

Viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Farg‘ona viloyatida 2023- yil 1- oktabr holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 597,8 kishi to‘g‘ri kelgan. 

2023- yil yanvar-sentabr oylarida viloyatda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 12435,5 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 65,2 % ini tashkil qildi. 

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Farg‘ona shahri bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 6401,0 mlrd.so‘mga yetdi. 

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, viloyatda otlarning umumiy bosh soni 10280 taga yetdi.

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Uchko‘prik tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 1013,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 

Joriy yilning 1-noyabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi B.Hamdamov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi.

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Yozyovon tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 329,4 mlrd.so‘mga yetdi.

Joriy yining yanvar-sentabr oylari holatiga doimiy aholi soni 4040,6 ming kishini tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 15 270,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Rishton tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 733,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 

2023–yilning 1–oktabr holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 917,4 ming taga yetdi.

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Furqat tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 293,6 mlrd.so‘mga yetdi.